Gender tengligi
Gender tengligi
|
27/11/2025
Chop etish
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” – Filologiya fakultetida davra suhbat o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 2-kurs talaba-qizlari ishtirokida “Biz yoshlar zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasi L. Xalitova, xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z. Kasimova hamda fakultet dekan maslahatchisi M. Umarqulova so‘zga chiqib, zamonaviy axborot makonida uchrayotgan kiberbosim, raqamli shantaj, shaxsga oid ma’lumotlarni tarqatish, feyk sahifalar va onlayn bezorilik kabi holatlar oqibatlari hamda ularga qarshi huquqiy choralar haqida ma’lumot berdi.

Suhbat davomida talabalarga oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq nizolarni fuqarolik sudida qanday ko‘rilishi, nikohni bekor qilish jarayoni, da’vo arizasi topshirish tartibi va ajrim chog‘ida bolalar huquqlarining himoyasi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Sud amaliyoti misolida ota-ona majburiyatlari va bolalar manfaatining ustuvorligi atroflicha yoritildi.

Shuningdek, talaba-qizlar raqamli makonda o‘zini himoya qilish, xavfli kontent va onlayn zo‘ravonlikka duch kelganda qanday chora ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar oldi. Tadbirda mavzuga doir videoroliklar namoyish qilinib, savol-javob va ochiq muloqot shaklida fikr almashildi.


Ulashish:
1 497
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.
JDPUda ijtimoiy psixologiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Zamonaviy ijtimoiy psixologiya: an’analar va istiqbollar» mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
JDPUda jinoyatçilikning oldini oliş masalalari yuzasidan oçiq muloqot ötkazildi
Unda Jizzax şahar Içki işlar bölimi boşliği, polkovnik Şerqulov Jasur Mamatquloviç, universitet rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda talabalar iştirok etdi.