Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/02/2026
Chop etish
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” adabiy-badiiy kechasi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida buyuk davlat arbobi, sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” nomli adabiy-badiiy kecha yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Kecha dasturi Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi bilan boshlandi.

Tarix fakulteti talabalari tomonidan “Zahiriddin Muhammad Boburning avlodlarga murojaati” mavzusida tayyorlangan sahnaviy chiqish tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Belgilangan dastur asosida boshlovchi nutqi bilan kecha mazmunan boyitildi. Har bir musiqiy ijro oldidan Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qilib, she’r va kuy uyg‘unligi ta’minlandi.

Kecha davomida Boburning “Yaxshilig‘”, “Mushkildur”, “Sharobi”, “Lola”, “Guljamol” kabi g‘azallari musiqiy talqinda ijro etildi. Asarlar universitetning Musiqiy ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari, talabalari hamda talabalar maqom ansambli xonandalari tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

Kechadan ko‘zlangan maqsad — buyuk ajdodimiz merosini keng targ‘ib etish, talaba-yoshlarda vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


Ulashish:
2 402
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.