Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/11/2022
Chop etish
“Yil talabasi” tanlovning universitet bosqichi o‘tkazildi.

 

Hujjatlar to‘plami ishchi guruhi tomonidan Nizom asosiga ko‘ra ko‘rib chiqildi va 7 ta nominatsiya bo‘yicha universitet g‘oliblari aniqlandi. Tanlov “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, “Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalari asosida o‘tkazildi.

Jamiyatga, yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy va professional o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning salohiyatini namoyish etishlariga imkoniyat yaratish,  yoshlar qalbida jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov so‘ngida ishchi guruhi tomonidan aniqlangan g‘oliblar munosib taqdirdanishdi va keyingi bosiqichlarga yo‘llanma olishdi.


Ulashish:
1 311
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...