Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
07/05/2023
Chop etish
Yaxshi dam – mehnatga hamdam

Mana, yurtimizda yoz fasli ham boshlandi. Har bir odam yozda soya-salqin joylarga borib, hordiq chiqarishni xohlaydi. Bizning viloyatimizda esa bunday joylar yetarlicha. Zomin, Forish va Baxmal tumanlarining tog‘ va tog‘oldi dam olish maskanlari dam oluvchi odamlar bilan gavjum bo‘lib bormoqda. Bu yerlardagi kislorodga boy, toza tog‘ havosi, buloq suvlari, turli-tuman giyoh o‘tlari inson kayfiyatini ko‘taribgina qolmay, uning sog‘ligiga ham ijobiy ta’sir qilib, dardlariga davo bo‘ladi. Baxmal tumanidagi Jo‘mjo‘m dam olish maskani shunday oromgohlardan biridir. 28-may, yakshanba kuni biz boshlang‘ich ta’lim fakultetining bir guruh ayol professor-o‘qituvchilari bu yerga borib hordiq chiqardik va hozirgi paytda bu yerda dam olish uchun mo‘ljallangan turli ob’ekt qurilishlari rejalashtirilib, avval mavjud bo‘lganlari qatorini kengaytirish ishlari avjida ekanligining guvohi bo‘ldik. Bu yerda dam oluvchilar uchun anchagina qulay sharoitlar yaratilgan ekan. Baland daraxtlarning mustahkam shoxlariga o‘rnatilgan arg‘imchoqlar, halinchakli skameykalar, tog‘ oralig‘i bo‘ylab harakatlanuvchi arqon yo‘llari, sport maydonchalari, ulardagi tennis stoli kabilar shular jumlasidandir. Biz bu yerda miriqib dam olib, charchoqlarni chiqargan holda xush kayfiyat bilan qaytib, yana o‘z ishimizga kirishdik. Universitetimizning jonkuyar ustozlari mehnat ta’tili davrida xorijga dam olishga borishdan olish yurtimizning so’lim go’shalariga tashrif buyursalar chinakam go‘zallikning guvohi bo‘ladilar degan fikrni bildirmoqchi edik.
Marhamat Bakiyeva, dots.v.b.,boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti
kafedrasi


Ulashish:
1 570
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...