Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/11/2021
Chop etish
“Yashil makon”:  ezgu tashabbusni Jizzax davlat pedagogika instituti davom ettirmoqa. “Universitet bog‘i” ga ilk ko‘chatlar o‘tqazildi.

Yashil olamni saqlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi shahar va qishloqlarimizni yashil maydonga aylantirish, go‘zal bog‘-rog‘lar barpo etish imkonini beradi. Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

 

Ta’kidlash joiz Yashil hudud bunyodkorlari o‘z yashash hududlari, tuman va shahar markazlariga, iqlim sharoitlaridan kelib chiqib eman,  turli  mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekmoqda.

Bu boradagi ishlar esa Jizzax davlat pedagogika institutida ham boshlab yuborildi. Instituting Matematika va informatika fakulteti joylashgan  Kuyovboshi MFY hududida tashkil etilayotgan “Universitet bog‘i” ga erta tongdan ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi. Oliygoh profesor-o‘qituvchilarinigg tashabbusi bilan  tashkil tilayotgan “Universitet bog‘i”ga  1000dan ziyod archa  ko‘chati o‘tqazilda.

–O‘lkada yashil olam qanchalik katta hududni egallasa, shuncha osmonimiz musaffo bo‘ladi. Shuning uchun, biz, toza muhitni  asrash, yashil olamni kengaytirish borasidagi bu xayrli loyihada faol ishtirok etishni o‘z oldimizga maqsad qilib oldik. Va bu ishda barcha yurtdoshlarimizni talaba yoshlarimizni ham  faol bo‘lishga chaqirib qolamiz, jannatmonad yurtimizning betakror tabiatni asrab avaylash har birimizning muqaddas burchimizga aylansin -deydi institut rektori Sh.Sharipov

 

 


Ulashish:
1 293
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...