Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/11/2021
Chop etish
Yangi O‘zbekiston ekologiyasini asarashga mas’ulmiz!

Ana shunday ezgu maqsadga xizmat qiladigan  Yerlarni ekologik muhofaza qilish mavzusi  bilan boshlangan noan’anaviy ochiq dars  Tarix fakulteti falsafa tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi qoshidagi “Huquqshunos” to‘garagi hamda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi asosida  viloyat Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat tomorqa, dehqon, fermer xo‘jaliklari uyushmasi, viloyat Kadastr agentligi  hamkorligida viloyat banlik bosh boshqarmasiga qarashli bo‘lgan band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish Monomarkazida  tashkil etildi.  Talabalar hamda to‘garak a’zolarining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan ochiq dars muhokamasida yerlarni ekologik muhofaza qilish, yerlarni haqiqiy o‘z egalariga topshirishda va yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish,  global iqlim o‘zgarishlari, ekologik bo‘hronlar va Orol dengizida yuzaga kelayotgan tashvishli muammolar, yashil makon loyihasini amalga oshirish chora tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar haqida fikrlar bildirildi.  Jizzax davlat pedagogika institiuti o‘qituvchisi, to‘garak rahbari K. Yusupov ochiq darsni davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoevning “ Biz iste’mol qiladigan mahsulotlar, biz nafas oladigan havo, biz ichadigan suv, biz yashaydigan sayyoraga hayot bag‘io‘lovchi iqlim- barchasi tabiat tufayli. Ustiga – ustak, hozir tabiatning o‘zi bizga belgi bermoqda – o‘z haqimizda qayg‘urish uchun avvalo tabiatga g‘amho‘rlik qilishimiz kerak” iborasi bilan boshlab,  o‘z ma’ruzasida  tuproq, suv va avoning haddan ziyod ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi, o‘simliklar va hayvonot dunyosidagi tashvishli o‘zgarishlar ekologik muammoni taraqqiyotga yuz tutayotgan mamalakatlarning xavfsizligigiga jiddiy tahdid solayotgan omillardan biriga aylantirilayotganligini alohid ta’kidlab o‘tdi.  Xususan,  keyingi besh yil ichida 32 million gektar o‘rmon maydoni inson omili natijasida qisqarganligi, shuningdek, hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo‘ldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga ko‘tarilmoqda. Bu esa, Orol harakati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.

Jizzax viloyat Kadastr agentligi mas’ul xodimi L. Naxalov o‘z nutqida mamlakatimizda yer sohasini tartibga solishga qaratilgan islohotlar, qonunlar va hukumat  tomonidan qabul qilingan me’yoriy xujjatlar haqida alohida to‘xtalib, mamlakatimizda bundan buyon yer berish tartibiga jiddiy o‘zgartishlar kiritilganligi, bunda mahalliy xokimlarning endilikda jismoniy va yuridik shaxslarga yer berishga vakolatli emasligini, faqar yerlar Ye auksion platformasi orqali berilishini, shuningdek yerga egalik qilishga oid imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumot berdi.  Jizzax viloyat Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh. Burhonov o‘z ma’ruzasida yerlardan foydalanishni nazorat qilish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va uning holati masalalariga, shuningdek, daraxtlarga nisbatan joriy qilingan moratoriy va ekologik ob’ektlrga nisbatan ekologik xulosa berish masalalari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Jizzax viloyat dehqon, fermer va tomorqa xo‘jaliklari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Q. O‘razaliev yerlarni haqiqiy o‘z egalariga topshirishda O‘zbekiston dehqon, fermer va tomorqa xo‘jaliklari uyushmasi oldiga belgilab berilgan vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qildi. Ochiq dars davomida muammoli masalalar yuzasidan bir qancha talabalar tomonidan berilgan va ko‘tarilgan savollar ochiq darsning yanada ko‘tarinkilik ruhini ta’minladi. Ochiq dars yakunidan so‘ng talabalar hamda to‘garak a’zolari viloyatimizda qad roslagan aholining band bo‘lmagan qismini ish bilan ta’minlash Monomarkazi faoliyati, u yerda tashkil etilgan etilgan shart sharoitlar, migratsiya xizmati bilan bog‘liq ishlar bilan tanishtirilib, esdalik uchun sur’atlarga tushishdi.

 

 

 


Ulashish:
1 440
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...