Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

 “Xotin qizlarga yaratilgan sharoitlar, qizlarning yaxshi ta’lim olishi davr mavzusi”

Rektor va faol talaba qizlar ochiq muloqoti ana shunday nomlandi Ochiq muloqotni institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Abduvalieva ochib berdi. U o‘z so‘zida  joriy yilning 1 mart kuni  Prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash masalalariga  alohida e’tibor berilganligini, bunday e’tibor va rag‘batga xotin-qizlarimiz munosib javob berishi lozimligini ta’kidladi. “Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ilk kunlardan boshlab davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishi uchun alohida g‘amxo‘rlik qilinyapti. Buni har birimiz chin dildan his qilib turibmiz. Ayni jarayonda Jizzax davlat pedagogika institutida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joiz bugun  Institutda 13 ta fakultetlarning 4 tasida dekan vazifasi ayollarga ishonib topshirilgan, 10 dan ortiq kafedra va bo‘limlarda xotin-qizlar samarali faoliyat olib borayotir. 1088 professor-o‘qituvchilar va xodimlarning 505 nafarini ayollar tashkil etadi.  Talabalar soni  19187 nafarni tashkil etsa shulardan 12387 nafari qizlar ekanligining o‘zi  davlatimiz rahbarining ilgari surayotgan islohotlarning samarasi ekanligini ko‘rsatmoqda.  Joriy o‘quv yilida shartnoma asosida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchini yo‘qotgan hamda nogironligi mavjud bo‘lgan talaba qizlarning 35 nafariga institut budjet mablag‘lari hisobidan kontrak pullari to‘lab berilgan bo‘lsa, viloyat va mahalliy hokimiyatlar tomonidan 41 nafar talaba qizlarimizga shartnoma mablag‘lari shuningdek 1-bosqichga o‘qishga qabul qilingan, Temir daftarga kiritilgan oila farzandlarining 6 nafariga to‘liq shartnoma pullari to‘lab berildi. Bu ham xotin qizlarimizga e’tiborning byuir namunasidir.”- Suhbat va savol javoblar tariqasida o‘tkazilgan Ochiq muloqotni Jizzax davlat pedagoigka instituti  rektori Sh.Sharipov  ana shunday so‘zlar bilan davom ettirdi .   Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari, faol talaba qizlar, “Qalb nuri” markazi ishtirokida o‘tkazilgan Ochiq muloqot davomida talaba qizlar hamda faol xotin qizlarimizning fikr mulohazalari va takliflari tinglandi.     Ishtirokchilar tomonidan Taklif va savollarning asosiy mazmuni Ijodiy kechalarni o‘tkazish, yosh talaba qizlarning iqtidorlarin yuzaga chiqarish,  Gender tengligi, tayziq va zo‘ravonlikni oldini olish mavzularida  berildi. Ushbu savollarga “Qalb nuri” markazi direktori, mediatrener  N.Alimovaning taqdimoti javob bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz.       Har qanday davlat va jamiyat o‘z ertasini, taraqqiyotini bir olam orzular bilan katta hayotga kirib kelayotgan navqiron avlod timsolida ko‘radi. Bu ezgu maqsadlarning ro‘yobga chiqishi esa, so‘zsiz, oiladagi ta’lim-tarbiyaga bevosita bog‘liq. Shu ma’noda oilada farzandlarning ilk tarbiyachisi, murabbiyi sifatida ayollarning ilmli, intellektual salohiyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi mamlakat kelajagini ta’minlovchi asosiy mezonlar sirasiga kiradi. Axir bejizga donishmandlar ayol go‘zal, oqila bo‘lishi muhim, lekin bilimli bo‘lishi shart, deya urg‘u bermaganlar. Taraqqiyot yo‘li ma’rifatda ekan, ayol ma’rifati jamiyat baxti va saodati, desak ayni haqiqatdir. Ochiq muloqot  yakunida  Jizzax viloyat “Qalb nuri” markazi mutaxassislari tomonidan “Gender va media” kitob taqdimoti o‘tkazildi.