Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/03/2025
Chop etish
Xorijiy grant doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetiga tashrif
Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri A.Jabborova Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetiga 2025-yil 14-21 mart kunlari Britaniya Kengashining AELLCA (Accelerating English Language Learning in Central Asia) loyihasi doirasida «Grant Study Visit» dasturi boʻyicha tashrif buyurdi. Ushbu tashrif JDPU va Portsmut universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi. A.Jabborova Portsmut universiteti professorlari Dr.Peter Watkins, Dr. Marie McCullagh, Dr.Lin Zeng lar bilan uchrashdi.

Professorlar o‘zlarining tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar. Amalga oshirilgan loyiha natijalarini muhokama qilishdi va kelgusida amalga oshiriladigan loyihalarni rejalashtirib olishdi.
Ushbu hamkorlik umumiy maqsadga asoslangan – ta’limni rivojlantirish, innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash va talabalar hamda o’qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat. Qo’shma tadqiqotlar, malaka oshirish dasturlari va akademik almashinuvlar orqali O’zbekistondagi sifatli ta’lim poydevori mustahkamlanmoqda.

Ushbu tashriflar va hamkorliklar JDPU va Portsmut universiteti o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashga, ta’lim sifatini oshirishga va xalqaro tajribalarni o‘rganishga xizmat qilmoqda.

Ulashish:
694
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.