Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2025
Chop etish
Webster universiteti delegatsiyasi Jizzaxda.
“Hamkorlik aloqalarimiz Amerika Qo‘shma Shtatlariga bo‘ladigan yo‘limizni ochib beradi,”-deydi universitet rektori Sh.Sharipov

Dr.Anthony Jarvis boshchiligidagi delegatsiya tashrifi hamkorlik aloqalariga bag‘ishlangan uchrashuv bilan boshlandi.

Uchrashuvda universitetda MA TESOL magistratura yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbat olib borildi.Yakunda tomonlar hamkorlik memorandumini imzoladilar. Quvonarlisi shuki, endi Jizzaxlik yoshlar ham Ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha Xalqaro darajadagi magistraturada tahsil olish imkoniga ega bo‘ladilar.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga Jizzax davlat pedagogika universiteti ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng mehmonlar Xorijiy tillar fakultetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi, dars jarayonlarini kuzatishdi. O‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qilishdi.Oliygohdagi diqqatga sazovor joylar, jumladan 7/24 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi axborot xizmat markazi, madaniyat saroyi, “Professorlar bog‘i”, sport maydonchalariga tashrif buyurishdi.


Ulashish:
1 377
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.