Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/12/2022
Chop etish
Volontyorlar ezgu ishlar targ‘ibotchilari …

Vazirlar mahkamasining «Volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi» Qonunu  ijrosini ta’minlash maqsadida Sh. Rashidov tumani «Umar» MFY axoli yashash xududida qator tadbirlar tashkil etildi. Qonunga muvofiq, volontyorlik faoliyati – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bepul asosda amalga oshiriladigan, jamoat uchun foydali bo‘lgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanadi. Kam ta’minlanganlarni, ishsizlarni, ko‘p bolalilarni va boshqa shu kabi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yordam ko‘rsatish volontyorlik faoliyatini amalga oshirish yo‘nalishlaridan biridir. Ana shu ezgu maqsadlarni o‘z oldiga maqsad qilib olgan universitet volontyorlari  dastlab Sh.Rashidov tumani “Umar” MFY da Yolg‘iz yashovchi va kam ta’minlangan xonadonlar holidan xabar olishdi. Xongadon sohiblarining hovlisi  tartibga keltirildi, qish uchun o‘tinlar maydalab berildi, daraxtlar butaldi.

Shu kuning o‘zida volontyor talabalar  Nogironligi mavjud bo‘lgan xonadonlarda bo‘lishib, ularga  Qorbobo sovg‘alarini  ulashishdi. Kunning ikkinchi yarmida  «Prezident avlodlari» nomi bilan yuritiluvchi Maktabgacha ta’lim tashkilotida «Yangi yil» tadbiri tashkil etildi. Qorbobo, qorqiz va ertak qaxramonlari bolajonlarga unitilmas zavq baxsh etidi. 60 nafar bolajonlarga Qorbobo va qorqiz sog‘alari ulashildi.

Universitet rektori tomonidan qo‘llab quvatlangan bu tashabbus so‘ngida  «Umar» MFY hududida joylashgan  umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun motivatsion treninglar tashkil etildi.Kun davomida oliygoh tomonidan ajratilgan avtobus volontyor talabalar xizmatida bo‘ldi. Pedagogika va psixologiya fakultetining 28 nafar ko‘ngilli talabalar  tadbir tashkilotchisi bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun: “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun davlatimiz rahbari tashabbusidir. Uni ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 mayda imzolangan “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.


Ulashish:
1 389
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yangi o‘quv yilida 3360 nafar yosh universitet talabalari safiga qo‘shilib, o‘z hayotining yangi va muhim bosqichini boshlamoqda.