Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/04/2024
Chop etish
“Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz ”

JDPUda o‘tkazilgan seminar -trening ana shunday nomlandi.

Pedagogika va psixologiya fakulteti Umumiy psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakat tarixiga daxldorlik hissini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan seminar-treningda amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi. Seminarni fakultet dekani I.To‘raqulova ochib berdi.

Dolzarb mavzularga bag‘ishlangan seminarda ma’ruzachilar talabalarning shaxsiy ma’naviy- axloqiy kamol topish va shakllanishida ota-onalarining o‘rni, tanlagan mutaxassislik, munosabatlar va jamoa hissi, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol shaxs qilib voyaga yetkazish mavzularida qiziqarli ma’lumotlar va taqdimotlar qilishdi. Seminar qizg‘in bahs-munozaralar asosida bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
1 675
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.