Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2025
Chop etish
Ustoz Ziyoda Abduvaliyeva 70 yoshda!
Ayol – tilsim. Ayol – ona, ayol – tarbiyachi, ayol – ustoz, ayol – rafiqa, ayol – rahbar, ayol – ishchi.

Haqiqatdan ham ayol – jamiyatni, hayotni davom ettiruvchilari sanalishadi faqatgina buni o‘zi emas balki bugungi ayol davlat arbobi, aqlli, sadoqatli oila bekasi, erining, farzandining yaqin yordamchisi, o‘qituvchisi, shifokorlari, murabbiy-tarbiyachilaridir. Ziyoda Abduvaliyeva barcha-barchasiga vaqt topa oladigan ustoz.

Abduvaliyeva Ziyatoy Norqo‘ziyevna 1972-1977-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetning O‘zbek filologiyasi fakulteti kunduzgi  bo‘limida a’lo baholar bilan tahsil olgan.  1977-yil universitetni tamomlab, yo‘llanma asosida Jizzax davlat pedagogika institutining o‘zbek tilshunosligi kafedrasida o‘z ish faoliyatini boshlagan. Shundan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti fakultetining o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Ustoz, universitetda o‘qituvchilik faoliyati bilan birgalikda 1985-yildan boshlab universitetda 2023-yilgacha jamoatchilik asosida Xotin-qizlar kengashi raisi vazifasini bajargan. Bugun ustoz Ziyoda opa o‘zining 70 yoshli yubileyi yaqinlari shogirdlari va do‘stlari davrasida nishonlamoqda. Ustoz uzoq yillik mehnat faoliyat davomida bir qator natijalarga erishganki, bu yoshlarimizga o‘rnakdir. Ayyom muborak bo‘lsin aziz ustoz.


Ulashish:
951
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.