Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/01/2023
Chop etish
Universitetda  o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

4-7 yanvar kunlari universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan  malaka oshirish kurslarida 600 ga yaqin o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Oliygoh o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun tuzilgan dastur doirasida attestatsiya jarayonlariga tayyorgarlik holati, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini 110 ballik baholash tizimi, Kredit-modul tizimi asosida  o‘quv jarayonining tashkil etish, o‘quv reja va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, HEMIS tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish va talabalarni baholash, yangi ochilgan  Registrator ofisi faoliyati va ta’lim xizmatlarining yo‘lga qo‘yilishi mavzusida ma’ruzalar  qilindi. Har bir bo‘lim o‘ziga tegishli mavzularda taqdimotlar qilib yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar berishdi.

 

Uch kun davom etgan malaka oshirish kurslarida mutaxasisilar “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun mohiyati haqida ham tushunchalar berishdi. Tadbir so‘ngida berilgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi. Ishtirokchilar ushbu kurslarda  faollik bilan qatnashdilar.

 


Ulashish:
1 569
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.