Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/01/2023
Chop etish
Universitet rektori Talabalar turar joyida bo‘ldi.

17 yanvar kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh. Sharipov TTJ joyida bo‘ldi. Ayni  shu kunlarda ta’til bo‘lishiga qaramay universittetning talabalar turar joyida 137 nafar talaba yoshlar  istiqomat qilishmoqda. Tashrif davomida Universitet rektori Sh. Sharipov hamda moliya va iqtisod  ishlari bo‘yicha prorektor F. To‘raev boshchiligidagi vakillar talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

O‘rganishlar davomida TTJ ning issiqlik holati ham ko‘zdan kechirildi.Bu borada talabalardan qanday shikoyatlar borligini bilish maqsadida vakillar har bir qavatdagi  talabalar xonalariga kirib ular bilan yuzma yuz suhbat qurishdi. Bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olindi. Shundan so‘ng vakillar  talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasida qilinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdilar.

Bu borada talabalar turar joyi ma’sullariga, navbatchi tarbiyachilarga  kerakli tavsiya va takliflar ham berildi. Tashrif so‘ngida talabalarga universitet tomonidan osh tarqatildi.


Ulashish:
1 547
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.