Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/03/2025
Chop etish
Universiada-2024: belbog‘li kurash bo‘yicha Jizzaxda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Toshkent viloyati jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Avval xabar berganimizdek, Universiada sport o‘yinlari dasturidan joy olgan belbog‘li kurash musobaqalari Jizzax viloyat yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada jami 12 ta viloyat Toshkent shahri vf Qoraqalpogiston Respublikasidan 100 ga yaqin kurashchilar 55, 60, 66, 73, 81, 90, +90 kg. vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashishdi. Bir so‘z bilan aytganda respublika final bosqichida eng kuchli va iqtidorli sportchilar saralandi.

Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, Jizzax viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqada Umumjamoa hisobda Toshkent viloyati jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati talabalari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin namanganlik talaba-sportchilarga nasib etdi.

Bellashuvlar yakuniga yetgach, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘olib va sovrindor sportchi-talabalar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.


Ulashish:
1 103
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.