Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/10/2024
Chop etish
«Til-millat ko‘zgusi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Boshlang‘ich ta’lim fakultetida Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda «Til-millat ko‘zgusi «mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Milliy til – xalqlar va millatlarning asosiy muloqot manbaidir. Til xalqlarni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarni saqlaydi, avloddan avlodga o‘tishini ta’minlaydi. Tilni sevish, ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi.

Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytishmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili – ona tilimiz ta’sirida shakllangan. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizning go‘zalligi va jozibasi haqida batafsil ma’lumotlar berishdi. Bayramona o‘tkazilgan tadbir yakunida badiiy dastur namoyish etildi.


Ulashish:
664
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.