Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/05/2025
Chop etish
Ta’limda Yangi Bosqich: Sifatli Bilimga yo‘l ochildi
Ayni kunlarda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 may kuni qabul qilingan PF-76-son Farmoni — “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat bilan tanishtirish ishlari boshlab yuborildi. Navbatdagi tadbir universitetning Pedagogika va psixologiya va rus tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazildi.

Mazkur Farmon ta’lim tizimini xalqaro mezonlar asosida yangilash, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan. Unda o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini zamonaviy standartlar asosida baholash, ta’lim muassasalarida sifat monitoringi tizimini joriy etish, shuningdek, axborot texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.

Farmonga 3-ilova sifatida taqdim etilgan “Yo‘l xaritasi” esa mazkur islohotlarni amalga oshirishning aniq yo‘nalish va chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra:

  • ta’limda sifatni ta’minlashning tashkiliy asoslarini mustahkamlash,

  • baholash va monitoring tizimlarini yaratish,

  • sifat madaniyatini shakllantirish,

  • normativ-huquqiy bazani takomillashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur hujjat O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tub o‘zgarishlarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Farmonda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi orqali nafaqat o‘quv jarayonining sifati, balki ta’lim xizmatlarining umumiy darajasi ham sezilarli ravishda oshishi, xalqaro standartlarga mos bilimli va malakali kadrlar yetishtirish imkoniyati kengayishi kutilmoqda.

Tadbir yakunida fakultet professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etilib, ular tomonidan bildirilgan fikr va takliflar eshitildi. Bu esa yangi islohotlarga nisbatan amaliy yondashuv va ochiqlik tamoyillarining muhimligini yana bir bor tasdiqladi.


Ulashish:
1 555
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.