Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/11/2024
Chop etish
Talabalikka qasamyod va talabalikka ilk qadam…
JDPU madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbir Tibbiyot fakulteti tomonidan tashkil etildi.

Shifokorlik – dunyodagi oliyjanob, insonparvar va o‘ta zarur kasblardan biri sifatida e’tirof etib kelinadi.JPU madaniyat saroyida Tibbiyot fakultetining birinchi kursiga qabul qilingan talabalar qasamyodiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.Mazkur tadbirda Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari birinchi kurs talabalari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Dastlab tadbirga taklif etilgan mehmonlar tomonidan birinchi kursga qabul qilingan talabalarning kelgusida yetuk mutaxassislari, professor, akademik, eng muhimi fidoiy shifokor bo‘lib xizmat qilishlari uchun tilaklar bildirildi.

Tibbiyot fakultetiga yuqori ballar bilan qabul qilingan talabalarga tibbiyotga oid kitoblar to‘plami topshirildi. Shundan so‘ng ijodkor talabalardan iborat jamoa ijrosida konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirga «Talabalik qasamyodi» tantanali marosimi yakun yasadi.


Ulashish:
845
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.