Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/01/2025
Chop etish
Talabalar Turar Joyida «Imtihon Stressini Bartaraf Etish»ga qaratilgan psixologik seminar-trening o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-son talabalar turar joyida universitet psixologi X.Odiljonova boshchiligida “Imtihon stressini bartaraf etish” mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi. Ushbu tadbirda “Volontyor psixologlar” jamoasi va TTJ tarbiyachi-pedagogi N. Nomozova faol ishtirok etdi.

Seminar davomida talaba qizlar bilan psixologik diagnostika va korreksiya ishlarining samarali usullari qo‘llanildi. Mashg‘ulotlarda ishtirok etgan qizlar stressni boshqarish, motivatsiyani oshirish va psixologik barqarorlikni rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Trening yakunida qizlarning faolligi va motivatsiyasini oshirish maqsadida musobaqa tashkil etildi. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Kasimova tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir talaba qizlar orasida imtihon oldi kayfiyatini ko‘tarish, xotin qizlar o‘rtasida psixologik muhitni barqarorlashtirish va psixologik xizmat ko‘rsatish maqsadida uyushtirildi.


Ulashish:
689
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.