Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/01/2025
Chop etish
Talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar hamda ma’muriy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mavzusida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari tomonidan 2023-yil hamda 2024-yil 12 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar hamda ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Hozirgi kunda universitet talabalari va universitet o‘qituvchilari o‘rtasida plastik to‘lovlari, onlayn savdo, onlayn pul ko‘paytirish bo‘yicha murojaatlar soni keskin ortib borayotganligi , universitet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlari, va talabalari ishtirokida Viloyat IIBning Kiberxavfsizlik bo‘limi bilan hamkorlikda yig‘ilish va uchrashuvlarini muntazam tashkil etish, ijarada yashovchi talabalarni turar joylarini o‘rganish, talabalar o‘rtasida taqiqlangan diniy adabiyotlaridan foydalanish, ularni saqlash, targ‘ib qilish bo‘yicha holatlar ko‘p uchrayotganligi sababli, Viloyat IIBning Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda diniy qo‘mita vakillari bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilishda Jizzax viloyati IIB JXX XPB profilaktika katta inspektori mayor T.Qo‘ziyevning hisoboti tinglandi. Yig‘ilish so‘ngida tegishli mas’ullar mavzu yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.


Ulashish:
645
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.