Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/10/2022
Chop etish
Talabalar sayohatga chiqishdi.

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi professor-oʻqituvchilari B. Zikirov va J. Xolmirzayevlar tomonidan 2- kurs talabalari bilan birgalikda geografik tadqiqotlar olib borish maqsadida ilmiy sayohat tashkil etildi.Pedagoglar va talabalar kun davomida Nurota davlat qoʻriqxonasi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi, Uchquloch koniga tashrif buyurishdi va hududlarni ilmiy maqsadda  atroflicha oʻrganishdi. Bundan tashqari Forish tumanidagi mashhur geografik obʼektlarga yaʼni Mojrum qishlogʻidagi 1000 -yillik archa va qadimiy qorgʻonlar yosh izlanuvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Tumandagi Hazrati Eshon xalifa ziyoratgohiga ham ziyorat tashkil etildi. Talabalarga hudud haqida juda koʻp ilmiy va qiziqarli  maʼlumotlar berildi. Tashkillashtirilgan geografik tadqiqotlar dars jayonida toʻplangan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllashga juda katta imkoniyat yaratdi.


Ulashish:
1 283
Boshqa rubrikalarda mashhur

Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.
JDPUda WFK IT ko‘ngillilar dasturi doirasida madaniy almashinuv va sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Sejong universitetining WFK IT ko‘ngillilar guruhi hamda JDPU talabalari ishtirokida madaniy almashinuv dasturi tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.