Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/02/2024
Chop etish
Tajriba almashishda hikmat ko‘p.

Fikr almashish va tajriba almashish-ta’limni rivojlantiradi, -deydi universitet rektori Sh. Sharipov

Bugun JDPU ga Buxoro davlat pedagogika institutidan bir guruh vakillar tashrif buyurishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad –  oliy ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, talabalarning ta’lim olishlari va ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish va ijobiy tajribalarni kelgusida Buxoro davlat pedagogika institutda o‘quv jarayoniga tatbiq etishdan iborat.Mehmonlar tashrifni universitet rektori qabulidan boshlashdi.

-Ish samaradorligini oshirishda o‘zaro tajriba almashish, takliflarni inobatga olish muhim o‘rin tutadi, deydi universitet rektori Sh.Sharipov Zero, fikr-mulohazalar asosida kirishilgan har qanday yumush ancha salmoqli bo‘ladi. Kasb doirasida o‘rnatilgan hamkorlik esa har ikki tomon uchun ham foydadan holi emas. Bu orqali yangi g‘oyalar, ishlanmalar, innovatsiyalar vujudga keladi.

Mazkur suhbat davomida Buxoro davlat pedagogika institutii o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Erkin Muxtorov  universitet rahbariyatiga  o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi bilan bir qatorda tajriba almashishi uchun  xorijiy talim muassasalariga borishdan oldin  o‘zimizdagi jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan OTMlaridan boshlash lozimligini ta’kidladi. Buxoro davlat pedagogika institutidan kelgan  mas’ul xodimlari Jizzax davlat pedagogika universitetida  o‘quv jarayonining tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish ishlarini boshlab yuborishdi.


Ulashish:
1 110
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...