Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/11/2025
Chop etish
Tabiiy fanlar fakultetida “Hosil bayrami” bo‘lib o‘tdi.

Tabiiy fanlar fakultetida “Hosil bayrami” bayrami “Hosil bayrami – yurt faxri, xalq quvonchi” shiori ostida bayramona tarzda tashkil etildi.

Bayramni universitetning Yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektori F. Akchayev ochib berdi. U o‘z kirish so‘zida azaldan ota-bobolarimiz, xususan, dehqonlar hosili yetib pishgandan so‘ng bayram qilishlari, bu an’ananing ahamiyati yerga mehr qo‘yish va mehnatga hurmat ruhini shakllantirishdagi muhimligi haqida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng fakultet dekani Zuhra Yaxshiyeva meva va poliz mahsulotlari ko‘rgazmalari bilan ishtirok etayotgan kimyo, geografiya va biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga omad tiladi. Ko‘rgazmani hakamlar hay’ati tahlil qildi va eng yaxshi ko‘rgazmalar turli nominatsiyalar bo‘yicha baholandi.

Bayram davomida talabalar hosil bayramiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari, raqs va qo‘shiqlar ijro etdilar. Faol ishtirokchilar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Talabalarda mehnatga hurmat va yerga mehr tuyg‘usini rivojlantirish, milliy an’analar va madaniy qadriyatlarga qiziqish uyg‘otish, jamoaviy hamkorlik, ijodiy faoliyat va talabalarning liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, fakultet doirasida talabalar o‘rtasida ijtimoiy va madaniy faollikni oshirish,talabalarni e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishga o‘rgatish, ularning ijodiy qirralarini namoyon qilish maqsadida tashkil etilgan “Hosil bayrami” nafaqat bayrami talabalar uchun mehnat, barqarorlik va milliy qadriyatlarga sodiqlikni tarbiyalaydigan muhim tadbir bo‘lib qoladi.


Ulashish:
1 755
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...