Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

SUD-HUQUQ TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR – FUQAROLAR VA YURIDIK SHAXSLARNING ODIL SUDLOVGA ERISHISHI KAFOLATI

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirish borasida tarixiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, amalga oshirilgan barcha islohotlarning tadrijiy davomi sifatida jahon miqyosidagi jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida halqimizning faravonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Prezidentimizning 2023 yil 11 sentyabr kungi PF-158 sonli Farmoni bilan 2023-2030 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning yangi strategiyasi  tasdiqlandi. Strategiyaning 4-maqsadi “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” deb nomlanib, uning 4.2-bandida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasidagi islohotlar nazarda tutilgan. Ushbu yo‘nalishda belgilangan chora-tadbirlar doirasida ma’muriy sudlarga bevosita murojaat qilishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni to‘liq bartaraf etish nazarda tutilgan. 2023 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-889-sonli qonuni bilan ma’muriy sud ishlarini ko‘rib chiqishning tartibi va muddatlariga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 2023 yil 25 dekabr kuniga qadar amalda bo‘lgan tartiga asosan, ma’muriy sudga kelib tushgan arizalar dastlab tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan birinchi instansiya sifatida, birinchi instansiya sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar viloyat sudlari tomonidan apellyatsiya instansiyasi sifatida, apellyatsiya instansiya qarori ustidan berilgan shikoyatlar esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya instansiyasi sifatida ko‘rib chiqilayotgan edi. Mazkur tartib bir muncha sodda ko‘rinsada, ma’muriy sudga murojaat qilgan fuqarolar va yuridik shaxs vakillariga bir qancha noqulayliklar keltirib chiqargani bor gap. Jumladan, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati bir oy bo‘lib, mazkur muddatni qandaydir sababga ko‘ra o‘tkazib yuborgan fuqaroning keyinchalik sud hujjati ustidan shikoyat berish huquqi cheklanishi mumkin edi. Chunki o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash masalasi sud tomonidan ko‘rib chiqilishi hamda ushbu iltimosnoma qanoatlantirilishi yoki rad qilinishi mumkinligi masalasi sudyaning ixtiyorida qoldirilgan edi. Yangi o‘zgarishlarga asosan, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 224-moddasiga asosan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqli ekani belgilandi. Bu esa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar uning ustidan shikoyat keltirmagan shaxslarga, sud hujjatlari yuzasidan kassatsiya instansiyasida nizolashish imkoniyatini beradi. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 225-moddasiga asosan kassatsiya shikoyatlari tumanlararo ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda – Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan ko‘rilishi belgilandi. Muxim jixatlardan yana biri, eski tartibga muvofiq shaxs viloyat sudining apellyatsiya tartibida chiqargan qaroridan norozi bo‘lsa, ushbu qaror ustidan nizolashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya shikoyati tartibida ariza bilan murojaat qilishi kerak bo‘lardi. Sud tizimi vakolatlarining bu tarzda markazlashtirilishi fuqarolar va yuridik shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarfiga sabab bo‘layotgan edi. Kiritilgan o‘zgartirishga asosan, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 249-moddasiga asosan tumanlararo ma’muriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori, ajrimi ustidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkinligi va ushbu shikoyatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilandi. O‘rnatilgan mazkur tartib natijasida fuqarolar ortiqcha ovvoragarchiligining oldi olinib, viloyat sudlarining odil sudlovni amalga oshirishdagi imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga asosan “Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqish huquqi kafolatlanadi”.   Katta yuriskonsult   A.Alikulov