darslar 2021-2022
darslar 2021-2022
|
22/05/2022
Chop etish
 «Sohaga oid taqdimot nutqi» mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot darsi bo’lib o’tdi.

O’zbek tilini yanada rivojlantirish va uning qadr-qimmatini oshirish yuzasidan Respublikamizda bir qancha chora-tadbirlar ko’rilmoqda.

Shunday tadbirlarning amaliy ahamiyatini kengaytirish maqsadida Abdulla Qodiriy nomidagi JDPI o’zbek tili va adabiyoti fakultetida muntazam ravishda tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan. Shunday ishlarning namunasi o’laroq 2022-yil 25-may kuni O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Qiryigitova Nigoraning Pedagogika-psixologiya fakulteti Defektologiya yo’nalishi 511-20-guruhida «Sohaga oid taqdimot nutqi» mavzusida ochiq amaliy mashg‘ulot darsi bo’lib o’tdi. Dars davomida turli xil zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda jamoaviy ishlash asosida mavzu o’tildi. Mashg‘ulot mobaynida talabalar mavzuga oid topshiriqlarni quvnoq o’yinlar asosida bajarishdi. O’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan talabalar doimiy ravishda tilimizning boy imkoniyatlarini hayotda tadbiq etishga zarur bo’ladigan ahamiyatli so’z va iboralarni o’rganib, nutq jarayoniga kiritishga harakat qilishmoqda

 


Ulashish:
3 686
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.