Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/05/2024
Chop etish
Sharaf lentasini taqib iftixor tuydim.

JDPUda «Sharaf lentasi » ulashish aksiyasi o‘tkazildi.

Bugungi tinch va osuda hayotimizga shukronalik, vatanga, ona-yurtga bo‘lgan muhabbat hislarini uyg‘otish maqsadida, tashkil etilgan «Sharaf lentasi» ulashish aksiyasi faol talabalar va tyutorlar ishtirokida o‘tkazildi.

Universitet hovlisi bo‘ylab “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Sharaf lentasi” ulashish aksiyasi davomida erta tongdan ishga va o‘qishga kelayotgan ustozlar va talaba yoshlar ko‘ksiga O‘zbekiston davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan, Vatan himoyachilarining sharafli qahramonliklarini o‘zida ifodalagan lentalar taqib qo‘yildi. Bunday tadbirlar Ikkinchi jahon urushida qatnashgan ajdodlarimizning jasorati, yorqin xotirasi unutilmas ekanini yana bir bor yodga soladi. Qolaversa, urush qatnashchilari va mehnat faxriylariga hurmatimizni yanada kuchaytiradi. Bu o‘z navbatida yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat, mardlik tuyg‘ularini yuksaltirishi bilan yanada ahamiyatlidir.

– “Sharaf lentasi”ni ko‘ksimga taqar ekanman, tinchlik uchun, bugungi farovon kunlar uchun kurashgan ajdodlarimizga nisbatan yana bir bor faxr-u iftixorni his etdim, – deydi faxriy ustoz, dotsent Dilorom Xojimetova – Bu yo‘lda zahmat chekkanlarning mehnati ulug‘, jonini fido etganlarning xotirasi azizdir.


Ulashish:
1 119
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...