Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/12/2022
Chop etish
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Tadqiqotchilik va kreativ sa’y-harakatlarni qo‘llaymiz” mavzusida  VII xalqaro talabalar simpoziumi bo‘lib o’tdi.

Simpoziumda Ruminiya, Xitoy, Qozog‘iston, Belarus, Qatar davlatlaridan, shuningdek, Buxoro, Toshkent, Samarqand oliygohlar talabalari bilan bir qatorda JDPU iqtidorli talabalari ham ishtirok etdi.

Simpozium iqtidorli talabalarga o‘z ishlarini xalqaro anjumanga yoki ma’lum bir fanga oid ilmiy anjumanlarga teng professional muhitda taqdim etish imkoniyatini berdi. Universitetimiz iqtidorli talabalari Ilyosov Umidjon, Abduraimov Abdulaziz, Fayzullayeva Gavhar, Melsova Laylo, Azimova Durdona, Abdusobirova Marjona, Norboyeva Go’zal, Yangiboyeva Feruzalar o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Ishlari yuqori baholangan talabalar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek mazkur simpoziumda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i D.Fazilovaga «Eng faol tashkilotchi» nominatsiyasi bo’yicha halqaro sertifikat topshirildi. Hamda iqtidorli talabamiz Abduraimov Abdulaziz “Best Student Paper Award” nominatsiyasi bo’yicha xalqaro sertifikatni qo’lga kiritdi.

 


Ulashish:
1 535
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUga biriktirilgan maktab hududida “Yaşil makon” doirasida köçat ekiş işlari boşlandi
«Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetiga biriktirilgan Şarof Raşidov tumanidagi Qulpisar MFY hududida joylaşgan 34-umumta’lim maktabida köçat ekiş işlariga kirişildi.
Universitet jamoasi uçun kulgi va kötarinki kayfiyatga boy tadbir
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-öqituvçilar va xodimlar uçun taşkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida «Handalak» hajviy guruhining konsert dasturi bölib ötdi.
“Yoşlar korrupsiyaga yöq deydi!” mavzusida inşolar tanlovi ğoliblari aniqlandi
2026-yil 12-noyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan talabalar örtasida “Yoşlar korrupsiyaga yöq deydi!” mavzusida “Eng yaxşi inşolar” tanlovi ötkazildi.