Skip to main content

Горячая линия: +(99872) 226 68 10

Viloyatning “Eng yaxshi futbol hakami” — Shohruh Qayumov!

Viloyatning “Eng yaxshi futbol hakami” — Shohruh Qayumov!
2018 yilning 15 dekabr kuni 13:00 da So‘g‘diyona markaziy o‘yingohida futbol bo’yicha viloyat hokimi kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqa yakunida 2018 yil mobaynida viloyatimizda samarali mehnat qilgan sportchi va murabbiylar taqdirlandi.  

Jizzax viloyat hokimi E. Saliyev va JDPI — Jismoniy madaniyat fakulteti o’qituvchisi Shohruh Qayumov

Unda Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti o’qituvchisi Shohruh Qayumov “Yilning eng yaxshi futbol hakami” nominatsiyasi g’olibi bo’ldi va yosh hakamni shaxsan viloyat hokimi E. Saliyev esdalik sovg’a va diplom bilan taqdirladi. Yosh hakamimiz Jismoniy madaniyat fakulteti o’qituvchisi Shohruh Qayumovni institut jamoasi nomidan muborakbod etamiz va kelgusida Xalqaro arenalarda yurtimiz sha`nini munosib himoya qilishiga tilakdoshmiz!