Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/05/2025
Chop etish
Qutlug‘ yosh muborak aziz ustozlar!
Muqaddas oliygohimizda uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ustozlar Tarix fakulteti “ Umumiy tarix” kafedrasi professori Baxtiyor Mirkomilov hamda Matematika va informatika fakulteti “Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Do‘stqul Botirovlar qutlug‘ 70 yoshni qarshi olishdi.

50-yillik tarixga ega ushbu oliygohda kimlar faoliyat ko‘rsatmadi deysiz. Shogirdlari sevgan ulug‘ ustozlar ushbu dargohda talabalarga ilm berdi.Oliygoh tashkil topgan yillardan buyon mana shu ustozlar va ularning davomchilari mehnat qilib kelmoqda.

Bugungi qutlug‘ yosh, ya’ni 70 yoshni qarshilagan ustozlarni universitet rektori Shavkat Sharipov barcha nomidan muborakbod etdi. Ularga ijodiy barkamollik, sog‘liq tilab maxsus diplom va kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg’alarini topshirdi.


Ulashish:
806
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.