Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/11/2025
Chop etish
Professor-o‘qituvchilar uchun maroqli dam olish sayohatlari izchil davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va ruhiy tiklanishiga ko‘maklashish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan sayohatlar o‘z samarasini bermoqda.

22–23-noyabr kunlari navbatdagi sayohat doirasida universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilari Zomin tog‘lari, qorli manzarasi va musaffo havosidan bahramand bo‘lib qaytishdi. Tabiatning qishki go‘zalligi, sokinlik va tog‘ muhitining tinchligi ishtirokchilarga haqiqiy hordiq bo‘ldi.

E’tiborlisi, joriy yilning sentyabr oyidan beri har hafta — shanba va yakshanba kunlari tashkil etilayotgan mazkur sayohatlar orqali 300 dan ortiq professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar turli yo‘nalishlarda dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Universitet rahbariyati tashabbusi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi ko‘magida har hafta shanba-yakshanba kunlari amalga oshirilayotgan ushbu loyiha jamoa a’zolarining birdamligini kuchaytirish, ularning ish unumdorligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
2 045
Boshqa rubrikalarda mashhur

Malayziya tajribasi asosida mahorat darslari tashkil etildi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan JDPU o‘qituvchisi, mentor Kenjayeva Sanobar Ibragimovna Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
JDPUda “Talabalar bahori – 2026” festivali galakonserti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar bahori – 2026” festivali doirasida galakonsert hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Yig‘ilishda qabul jarayonlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulay shart-sharoitlar yaratish, murojaatlarga tezkor va xolis munosabatda bo‘lish masalalari atroflicha muhokama...