Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/04/2025
Chop etish
 “Ota-onalar bilan muloqot maydoni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Muloqotni  Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.

Talabalarning  ota-onalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti faoliyatini tanishtirish bilan boshlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2025-2026 o‘quv yili uchun universitet talabalariga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi, ta’lim tarbiyada ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati, Ota-onalar kengashi tarkibini qayta ko‘rib chiqish, korrupsiyaning oldini olishda ota-onalarning o‘rni, talabalarning psixologik holati kabi muhim  masalalar muhokama etildi.

Talabalarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazilgan muloqot  o‘qishda va jamoat ishlarida faol talabalarning ota-onalarini taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.


Ulashish:
836
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.