Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/05/2020
Chop etish
Oliy ta’limda masofaviy o’qitish sifati bo’yicha talabalardan so‘rovnoma

Oliy ta’limda masofaviy o’qitish sifati bo’yicha talabalardan so‘rovnoma

Hurmatli talabalar! Oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan masofaviy ta’lim olish sifati yuzasidan o’z fikringizni bildiring.

Sizning fikringiz biz uchun juda ham muhim!

So‘rovnomada ism-sharifingiz so‘ralmaydi. Sizning fikringiz faqat umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladi va barcha ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi. Ushbu so‘rovnoma ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni kelgusida yechimini topishga, masofaviy o‘qitish jarayonida sizning sifatli bilim olishingizni ta’minlashga, pedagoglarning mahoratini oshirishga, ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada takomillashishiga yordam beradi.
Sizning to‘g‘ri va samimiy javoblaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

So’rovnoma manzili: https://docs.google.com/forms/d/116wKoM6L3sKRlabvOAJsx5P_LcxSyDrCX-MOcOkr0_I/viewform?edit_requested=true


Ulashish:
1 585
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat delegatsiya 12–14-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
JDPU профессор-ўқитувчилари Malayziyada malaka oshirish jarayonida
Jizzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchisi Malayziyaning Utara Universitetida malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.
“Stressga harakat bilan javob ber, fikringni ozod qil!”: Talabalar o‘rtasida ommaviy psixologik aksiya o‘tkazildi
Aprel va may oylarining “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilingani munosabati bilan Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetining “Volontyor psixolog” talabalar jamoasi tomonidan talaba-yoshlar uchun...