Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/11/2024
Chop etish
OITS infeksiyasi hamda gepatit kasalligiga ekspress-test topshirish aksiyasi o‘tkazilmoqda.
1-dekabr – OITSga qarshi kurash xalqaro kuni doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetidagi Ibn Sino sog‘liqni saqlash markazida OITS infeksiyasi hamda gepatit kasalligiga ekspress-test topshirish aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Ayni paytgacha universitetda Jizzax viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari hamda talaba yoshlar ishtirokida kasallikning oldini olish, uning belgilari xususida bir nechta targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari o‘tkazildi.

 

Bugun universitet hududida talaba yoshlarga va professor-o‘qituvchilarga OIV infeksiyasi profilaktikasi to‘g‘risida eslatma materiallar tarqatildi hamda ekspress-test usulida OIV infeksiyasiga qon olib tekshirildi. Mobil laboratoriyada test topshirgan talabalar 20 daqiqada tahlil natijalarini olishmoqda.

Aksiya joriy yilning 28-29-30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu aksiyada faol bo‘lib salomatligingizga e’tiborli bo‘lishingizni tilaymiz.


Ulashish:
894
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.