Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/07/2024
Chop etish
Ochiqlik va shaffoflik: Appelyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat va arizalar o‘rganilmoqda.

Bugun JDPU da kasbiy( ijodiy) imtihonlarning 6 kuni. Ta’kidlash joiz shu kungacha  universitetda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Abituriyentlar topshirayotgan kasbiy(ijodiy) imtihonlarni ularning ota –onalari maxsus kutish xonalarida va o‘z uylarida onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari shu kunning o‘zida universiteting rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib borilmoqda. imtihon komissiyasi xulosasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarga imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida universitetning apellyatsiya komissiyasiga  ariza bilan murojaat qilish imkoniyati berilgan. Shu kunga qadar apellyatsiya komissiyasiga kelib tushgan arizalar soni 10 tani tashkil qildi va ular appelyatsiya  komissiyasi a’zolari  tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Bugun ham sport faoliyati turi (kurash) yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ballaridan norozi bo‘lgan 1 nafar abituriyentning murojaatini mutaxassislar yordamida ko‘rib chiqildi.

– Sport faoliyat turi (Kurash) yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlardan 1 nafari ijodiy imtihonlar natijalaridan norozi bo‘lib ariza bilan murojaat qilgan  abituriyentning ijodiy ishlarini o‘zi ishtirokida nizom talablari asosida, ekspertlar tomonidan xolisona o‘rganildi.  apellyatsiya murojaatiga asosan ekspertlar tomonidan qaydnomalar va videokuzatuv kameralari ko‘zdan kechirilganda dasturdagi Oyoqlar yordamida bajariladigan usullarga Chil usulida o‘ng tomon va chap tomonga 2 ball, Spurma usuli o‘ng tomon va chap tomonga 1 ball, ekspertlar tomonidan abituriyentga jami 3 ball qo‘shib ballari asosli ekanligi tushuntirildi. Abituriyent qo‘yilgan ballaridan e’tirozi yo‘qligini bildirdi,-deydi appelyatsiya komissiyasi raisi Diyor Tursunov


Ulashish:
1 296
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.