Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/10/2024
Chop etish
Muqaddasim, munavvarim-Ona tilim.
JDPU madaniyat saroyida “O‘zbek tili bayrami”ning 35 yilligi munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Til inson madaniyatining ifodasidir. Har bir millatning o‘zligi, uning tili va adabiyotida namoyon bo‘ladi. Til umr bo‘yi o‘rganiladigan, sayqal bergan sari ochilib, yashnaydigan san’at durdonasi.

Ochiq muloqotni Jizzax davlat pedagogika universiteti yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida Til insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadigan tarozisi ekanligini, Jahonda 3000 dan ortiq til bo‘lib, bizlar uchun eng suyuklisi o‘zimizning ona tilimiz ekanligini ta’kidladi.

Til inson madaniyatining ifodasidir. Har bir millatning o‘zligi, uning tili va adabiyotida namoyon bo‘ladi. Til umr bo‘yi o‘rganiladigan, sayqal bergan sari ochilib , yashnaydigan san’at durdonasidir. Ochiq muloqotda so‘z olgan Jizzax viloyat hokimining Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi B.Mavlonov talaba yoshlar O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan davrdan to bugung qadar olib borilgan islohotlarga to‘xtalar ekan talaba yoshlardan tushgan taklif va mulohazalarga ham e’tibor qaratdi.

Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar Allomalarning tilshinuoslikka oid qarashlari, ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar va qo‘shiqlar, ko‘rgazmali chiqishlar, milliy qadriyat va an’analarimiz aks etgan raqslar, sahna ko‘rinishlari so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va Zulfiyaxonim sherlari, Abdulla Oripov filmidan sahna ko‘rinishlarni ijro etishdi. Talaba yoshlar tomoindan o‘bek tili bayrami munosabati bilan tayyorlangan badiiy dastur hamda sportchi yoshlarimizni ulug‘lovchi musiqiy sahna ko‘rinishi tadbirga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.


Ulashish:
1 093
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.