Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Modern  she’riyatida  milliy  va  umuminsoniy   g‘oyalar talqini

 Tangirova  D. JDPU  katta o‘qituvchi                                          Annotatsiya XX asr  insoniyat  boshiga  turli tuman ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar, qarashlar hamda ko‘plab quvonchli  va o‘z  o‘rnida tashvishli  voqea-hodisalarni paydo  qildi.  Ana shu voqealarni  hamda  hodisalarni aks ettirishda ijodkorlar har tomonlama  erkin ijod yo‘lini, ya’ni modernizm  yo‘lini tanladilar. Ishda qator g‘oya va qarashlarning  mazkur metod orqali jahon hamda o‘zbek adabiyotida qay tarzda  ifodalanganligi  haqida  fikrlar  o‘rtaga tashlanadi. Kalit so‘zlar: Modernizm, postmodernizm, Ong oqimi, realizm,  sotsialistik realizm, janrlar, shakllar. Annotatsiya XX vek prines chelovechestvu razlichnыe obщestvenno-politicheskie idei, vzglyadы i mnojestvo radostnыx, a poroy i trevojnыx sobыtiy. Eti sobыtiya i vse sobыtiya, inache govorya, vыxodsы vыbrali lyuboy svobodnыy vыxod, to yest puti modernizma. V otnoshenii skazannogo v rabote o tom, kak s pomoщyu etogo metoda vыrajaetsya ryad idey i vzglyadov v uzbekskoy literature. Klyuchevыe slova: Modernizm, postmodernizm, potok soznaniya, realizm, sosrealizm, janr, formы.                                              Annotatsiya he 20 th century brought to humanity various socio-political ideas, views and many joyful, and sometimes disturbing events. These events and all events, in other words, the immigrants chose any free way out, that is, the path of modernism. In relation to what has been said in the work about how, using this method, a number of ideas and views are expressed in  Uzbek literature.                 Key words: Modernism, postmodernism, stream of consciousness, realism, socialist realism, genre, forms.           Ma’lumki, modernizm  tushunchasi  va uning adabiyoti   yer  yuzida insoniyatning o‘z boshidan kechirayotgan turli tuman   voqealari, ko‘rguliklari , o‘y qarashlari  yig‘indisi  asosida yangicha qarashlar hamda badiiy shakllar asosida yuzaga keldi.  Modernistlar   badiiy ijodda  insoniyat o‘z boshidan kechirayotgan  voqealar   ular tomonidan yaratilayotgan asarlarning  nafaqat shaklida, balki  ular yaratayotgan asarlarning  mazmunida ham  ko‘rina boshladi.  Modernizmning yuzaga kelishida yer yuzida insoniyatning  globalashuv jarayoni hamda  uning ta’sirada yuzaga kelgan qator muammolari  asosiy sabab bo‘la boshladi. Bu haqda  to‘xtalib, professor Xolbekov M. shunday degan edi :  “… o‘tgan yuz yillik (XX asr –D.T)  odamzod boshiga   ko‘p tashvish, azob-uqubat va g‘am anduh  keltirgan asr bo‘ldi. …  asr boshidagi jahon bolsheviklar inqilobi va fuqoralar urushi, o‘ttizinchi   yillardagi ocharchilik va qatog‘onlar, Ikkinchi jahon urushi, Osvensim  va GULAG  lagerlaridagi insoniyatga  qarshi dahshatli jinoyatlar, Xirosima va  Chernobil fojealari  kabi ofatlar million-million  begunoh odamlar qurbon bo‘ldi, mayib-majruhga aylandi…. bolshevizm, fashizm, terrorizm,  giyohvandlik, SPID singari    ajal balolari  aynan shu yuz yillikda  paydo bo‘lib, insoniyat  hamda u yaratgan tamaddunining kushandasiga aylandi.  Bu kabi  talofatu salbiy oqibatlar insoniyatning global muammolariga aylandi. Muammolarning  bu kabi serqirraligi, keltirgan oqibatlarining  ayanchliligi bois  adabiyot va san’atda yangicha yondoshuvni, yani o‘tkir  qolipga asoslangan  realizm hamda  sotsialistik  realizm shakllaridan yorib chiqishga, kerak bo‘lsa voz kechishga  hamda nafaqat shaklda, qolaversa mazmunda  ham  asosan  yangicha  bo‘lgan modernistik  adabiyotning yuzaga kelishiga  olib keldi. Natijada  o‘tgan asrda Yevropa  modernistik adabiyoti, Lotin Amerikasi, Avstraliya, Afrika  xalqlari  modernistik adabiyot vakillari hamda adabiyotlarini yuzaga keltirdi. Ular orasida o‘zbek   modernistik adabiyotining ham mavjudligi kishi e’tiborini o‘ziga tortadi. Lekin shu o‘rinda o‘zbek modern  adabiyoti Yevropa va  umumjahon modern  adabiyotidan  asosan  ko‘tarilgan  g‘oyalar  hamda  uning asosida keladigan  mazmun jihatidan bir muncha farq qiladi. Bu haqda to‘xtalib Ulug‘bek  Hamdam shunday degan edi: “ O‘zbek adbiyotidagi   yangi  (modernnoma) adabiyot   kayfiyatiga   Yevropa modern adabiyotining oz-moz ijodiy  ta’siri (ko‘proq shakliy ma’noda) bor, albatta, lekin  mohiyat –e’tibori bilan   Sharq, xususan, o‘zbek insoni dunyoqarashidagi ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlar negizida tug‘ildi. Shunga ko‘ra , yangi  (modern)    o‘zbek adabiyoti  milliy zaminda ildiz otgan bo‘lib, u Yevropa  modern adabiyotidan ko‘chirilgan  nusxa yoki   unga taqdid emas , deyish mumkin.” Yoki adabiyotshunos olim Naim Karimov  ham bu borada to‘xtalib, shunday degan edi: Agar Yevropa xalqlari she’riyatidagi modernizm o‘qtin-o‘qtin absurd   adabiyot unsurlari bilan uyg‘unlashib tursa, o‘zbek modern she’riyati, birinchidan, xalq hayotidan bu qadar olislashishni o‘ziga ep ko‘rmaydi.  Ikkinchidan, o‘zbek modern she’riyati zamirida muayyan kayfiyatni, ma’noni, poetik maqsadni ifodalash istagi yotadi. Uchinchidan, ayrim modern shoirlar hatto o‘z she’rlarida realistik adabiyot unsurlaridan ham ma’lum darajada foydalanmoqdalar. Faxriyor, Tursun Ali, Farida  Afro‘z, Xosiyat  Rustamovaning shu yo‘nalishdagi she’rlari o‘zbek modern she’riyatining eng yaxshi namunalari hisoblanadi. Xulosa  qilib aytganda “… o‘zbek  modern  adabiyoti  G‘arbning  muayyan   modernistik shakllaridan  ta’sirlanib, ayni paytda, o‘z hayoti ma’nolarini  tushuntirishga, talqin qilishga   urinayotgan   adabiy hodisadir. O‘zbek modern  adabiyoti  yoxud she’riyatini tahlil  qilishda  ushbu  yo‘nalishda ijod qilgan ijodkorlar  mavzu tanlashda va u asosda kelib chiqadigan  xulosalar  yaratishda  an’anaviy  metodlarga  unchalik  uzoqlashmaganligini, millatimiz uchun odat tusiga aylangan  urf-odat, qarashlar  hamda tasavvurlardan unchalik uzoqlashmaganligini ko‘rish mumkin. Ana shulardan  kelib bugunki kun modern adabiyoti, xususan she’riyatida  quyidagicha mavzular  va ular  zamirida  yuzaga  keladigan  g‘oyalarning ustivor bo‘lganligini   ko‘rish mumkin.Bular: -Ishq –muhabbat mavzusi -Vatanga  muhabbat  mavzusi -Insonlararo mehr-oqibat mavzusi Ma’lumki, sharq adabiyotida ishq-muhabbat mavzusi o‘lmas hamda doimo yangicha  ko‘rinishda talqin etib kelinadigan  mavzu hisoblanadi. An’anaviy talqindagi ishq-muhabbat mavzusi hamda unda ustivor bo‘lgan  botiniy hamda zohiriy talkin  etish jihatlari  o‘zbek modern she’riyatida ham u yoki bu ko‘rinishda  davom etganligini  ko‘rish  mumkin. Jumladan, o‘zbek modern she’riyatining  aksariyat ijodkorlari, xususan, Abduvali Qutbiddin, Faxriyor,  Ro‘zi  Muhammad kabilar ushbu  mavzuga  yetarlicha qo‘l urib kelishgan hamda  o‘z qarashlarini mazkur mavzu doirasidagi she’riy lavhalarga ifoda etishga harakat qilganlar. Ayniqsa, Abduvali Qutbiddinning  “Nafas”, “Ey,  Dilbarim”,” Ushmundoq”.   “Tuyg‘u”   kabi qator she’rlarida  ishq-muhabbat mavzusi yetarli  o‘rin egalaydi. Sinchiklab qaralsa,  Abduvali  Qutbiddin  mazkur mavzuga ham  qo‘l urishda  tamomila o‘zgacha yo‘l tutadi. To‘g‘ri uning  mazkur mavzudagi she’rlarida   an’anaviy uslub saqlanib qoladi. Ya’ni ularda  oshiqning ma’shuqaga  murojaat qilishdek  an’anaviy uslubga murojaat qilinadi.  Buning  uchun asarning lirik qahramoni maydonga chiqadi va u o‘z sevgilisiga, ya’ni ma’shuqasiga  lirik  murojaat qilish  orqali  o‘z tuyg‘ularini ifoda qiladi. Lekin bu o‘rinda  shoirning  yangiligi, yangicha talqinda  ifoda qilishdagi  o‘ziga  xosligi she’rda qo‘llanilgan  tashbeh hamda o‘xshatishlarning  tamomila o‘zgachaligida   ko‘rinadi. Masalan, shoirning  1991  yilda yozilgan “Tuyg‘u”  she’rida quyidagicha  o‘rinlar mavjud: Sen rayhondan o‘rgilay, so‘lasan, Tomchiday tomchiday tundan  keyingi Tong emas, yo‘q , charog‘on  shabnam… Jonu ko‘zim,bor nurga ko‘milgin. E’tibor berib qaralsa, ushbu o‘rinda tamomila o‘zgacha yangi o‘xshatish hamda tashbehlar ustalik  bilan qo‘llanilgan. Unda  oshiq ma’shuqasini erkalab “rayhon”- deb murojaat qilayapti.  Oshiq aytayaptiki, ey rayhon, sen  baribir tomchi kabi  “so‘lasan”. So‘lishing uchun esa uzoq vaqt kerak emas. Buning  uchun  oz  vaqt,  ya’ni “tomchiday”, ya’ni nihoyatda qisqa vaqt kerak. Unda ham so‘lishing  tongda emas, balki charag‘on  quyosh chiqqan  vaqtda so‘lasan. Xulosa qilib aytganda , modern she’riyatida vazn,  ritm,  qofiya, band kabi qator  an’anaviy unsurlardan  tashqari    lirik qahramon yoxud she’riy obraz hamda obrazlilik tushunchalarini shakllantirishda ham birmuncha   farqli jihatlar paydo bo‘la boshladi. Mazkur  she’riyatda lirik qahramon o‘zining kechinmalaridan tashqari  Yevropaning  “ong oqimi”  ta’siridan ilhomlangan   bosh qahramon hikoyachi  qarashlariga asar taqdirini topshirib qo‘yish an’analariga  duch kelinadi.  Natijada  modern she’riyatining o‘tkir nafasini  ifoda etuvchi lavhalar, xulosalar  yaratildi.   Foydlanilgan  adabiyotlar ruyxati   1.U.Hamdamov  Jahon adabiyoti: Modernizm  va   postmodernizm. Toshkent “Akadem.nashr”, 2020 y
  1. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti  jahon adabiyoti kontekstida.
Jahon adabiyoti.jurnali, 2018 yil, 11-son,
  1. Asqad Muxtor.Yillarim. She’rlar.-Toshkent, “Yozuvchi”,1990 yil.
4.Xolbekov  M. XX  asr  modern  adabiyoti  manzaralari. Toshkent :“Mumtoz so‘z”,2014.