Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
26/02/2018
Chop etish
Mening sevimli o‘nta kitobim

Joriy yilning 22 fevral kuni  Jizzax davlat pedagogika instituti    Jismoniy madaniyat  fakulteti, Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi  xodimlari va  institut axborot- resurs markazi hamkorligida “Mening  sevimli o‘nta kitobim” nomli ma’naviy- ma’rifiy tanlovga qo‘yilgan Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” asarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.     Tadbirda Jismoniy madaniyat fakulteti  professor- o‘qituvchi va talabalari, Jizzax viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi   xodimlari, institut axborot- resurs markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdi.

Tadbirni  Viloyat ma’naviyat-targ‘ibot  markazi rahbari Sh. Turatov   kirish so‘zi bilan ochib:  “Hamisha o‘z va’dasida turadigan, hamma ishni reja bilan puxta o‘ylab, joy- joyiga qo‘yadigan, mehnatkash Andijon xalqiga teng  keladigan xalq  o‘zi kamdan – kam topiladi” degan so‘zlarini alohida ta’kidladi.

So‘ngra,  Jismoniy madaniyat fakulteti  ma’naviyat ishlari dekan o‘rinbosari B.Qo‘shmurodov so‘zga chiqib, Prezidentimizning Jizzax viloyati  saylovchilari bilan uchrashuvdagi nutqida “Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin!” degan  so‘zlarini alohida  ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, Jismoniy  madaniyat fakulteti 3-kurs talabalari                               B. Boboqulov,  Ergashev Sanjar, Jo‘ltoyev  Azamat,  Abduolimov Akmal va             2-kurs talabalari Qo‘chqorova Nigora, Qodirova Shoxsanam,  Anorboyev Jasurjonlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” asari  to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Tadbirda  axborot–resurs markazi xodimlari tomonidan Prezidentning  Oliy majlis  Parlamentiga murojaatnomasiga doir videolavxa namoyish etildi.

Tadbirda JDPI  ARM xodimlari tomonidan tayyorlangan  “Mening sevimli o‘nta kitobim”, “Prezident asarlarini o‘rganamiz”,  “Yangi adabiyotlar  siz uchun”, kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlarni   ARM  yetakchi mutaxassisi S.Isroilova  qisqacha sharhlab  berdi. Tadbir  ishtirokchilarda katta ta’surot qoldirdi.

Tadbirni axborot – resurs markazi direktor o‘rinbosari  G.Shaysakova yakunlab, ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.  Mazkur tadbirda jami 66  nafar ishtirokchi qatnashdi.


Ulashish:
2 440
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.