Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/05/2024
Chop etish
«Ma’rifat ulashib» loyihasi yoshlarni o‘z safiga chorlamoqda.

JDPUda o‘tkazilgan navbatdagi tadbirga universitet rektoriga biriktirilgan uyushmagan yoshlar, mahalla faollari, maktab o‘quvchilari hamda talaba yoshlar taklif etildi.

Universitet ijodkor yoshlari tomondan tashkil etilgan badiiy musiqiy kechada Vatanga muhabbat, sevgi-sadoqat, jasurlik, mehnatsevarlik, odamiylik haqida kuylandi. Musiqiy kechada so‘zga chiqqanlar yoshlarni bilim olishga, yurt taraqqiyoti uchun munosib kadrlar bo‘lib yetishishga chaqirishdi. Talabalar o‘zlarining sho‘x qo‘shiqlari va go‘zal raqslari., sahnaviy ko‘rinishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etishdi

– “Ma’rifat ulashib” loyihasi butun respublikamizda amalga oshirilyapti, – dedi universitetning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov – Ushbu loyiha asosida bugungi kungacha ham oliygohda “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Munozara” debat bellashuvlari, “Mushoira” va adiblarning hayotiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazdik. Shu kungacha talabalarimiz bir qancha taniqli adiblarimiz bilan uchrashdi. Bugungi tadbirga universitet rektoriga biriktirilgan uyushmagan yoshlar, mahalla faollari va aynan JDPUga biriktirilgan maktablarning o‘quvchi yoshlari ham taklif etilgan. Tadbir davomida faol yoshlarni taqdirlashga harakat qildik. Rejamizda bu kabi tanlov va tadbirlarni faqatgina shahar markazida emas, bizga biriktirilgan chekka hududlardagi maktablarda ham o‘tkazish, o‘ylaymanki, bu kabi tadbirlar olis qishloqlardagi iste’dodli yoshlarning kashf etilishiga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 118
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...