Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/05/2024
Chop etish
«Ma’rifat ulashib» loyihasi davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Respublika ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, shoira va publitsist Gulchehra Shahobiddin qizining 60 yoshi munosabati bilan chop etilgan «AJR» nomli kitob taqdimoti hamda «Gullashga ulgurdim…» nomli adabiy-badiiy kecha munosabati bilan tashkil etildi.

Uchrashuvga bir qator mehmonlar tashrif buyurishdi. Jumladan: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi tarjimon va shoira Shahodat Isoxonova; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Filologiya fanlari nomzodi Hulkar Hamroyeva; Filologiya fanlari nomzodi Adhambek Alimbekov; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va tarjimon Yangiboy Qo‘chqorov; Psixologiya fanlari doktori, professor Mahmud Yo‘ldoshev; O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Turob Niyoz; Jizzax viloyat yozuvchilar uyushmasi raisasi Mehribon Abdurahmonovalar ishtirok etishdi.

Talaba-yoshlar bilan tashkil etilgan uchrashuv qizg‘in suhbatlar va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir so‘ngida kecha qahramoni Gulchehra Shahobiddin qiziga Jizzax viloyat Yozuvchilar uyushmasi hamda universitet talaba-yoshlar tomonidan guldastalar, esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan universitet rahbariyatiga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
1 353
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.