Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/04/2024
Chop etish
 “Ma’rifat ulashib” karvoni JDPUda

JDPU Jizzax viloyatining ma’naviy va ma’rifiy qiyofasini belgilaydigan dargoh bo‘lishi kerak-deydi shoir va tarjimon Asror Mo‘min

«Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida universitetga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Asror Mo‘min, Shodi Otamurod va Mehri Abdurahmonovlar tashrif buyurishdi.

“Ma’rifat ulashib” loyiha doirasida respublikamizning barcha OTMlarida shoir va adiblar uchrashuvlari davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Loyiha doirasida taklif etilgan adiblar guruhi dastlab universitet rektori qabulida bo‘lishdi. Samimiy suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitet rektori mehmonlarga ayni kunlarda 50 yillik tantanalarga tayyorgarlik ishlari va talaba yoshlarga xususan adabiyotga. Ijodga oshno bo‘lgan iqtidorli talabalarga yaratilgan sharoitlar  tashkil etilganiga 3 yil to‘lgan “Izlanish “klubi faoliyati haqida hikoya qildi. Shundan so‘ng mehmonlar universitet Professorlar bog‘i”da tashkil etilgan badiiy-musiqiy kechaning mehmoni bo‘lishdi.

– Bugun juda bir katta anjumanning A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetida respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasining ishtirokchisimiz. Uchrashuvlarning debochasi aynan Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tishi bejiz emas. Chunki Jizzax viloyatiga ma’rifatni, ma’naviyatni aynan shu universitetning bitiruvchilari bo‘lajak  pedagoglar tarqatadi. Uchrashuvga “izlanish” klubining adabiyotga,  ijodga she’riyatga, tarjimaga. publitsistikaga qiziquvchi ijodkor talaba yoshlarning yig‘ilgani nur ustiga a’lo nur bo‘ldi. Nega deganingizda mana shu davrada aytilgan fikrlar, ezgu hoyalar zanjir kabi  yoshlar ustozlar orqali butun viloyatga yetib boradi.-deydi shoir va tarjimon Asror Mo‘min.

“Professorlar bog‘i”da ya’ni ochiq osmon ostida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida  tashkil etilgan  uchrashuv ishtirokchilar uchun betakror va unutilmas bir kecha bo‘ldi. Unda mehmonlar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qib berish bilan bir qatorda bugung iuchrashuvlarning asl mohiyati biz orzu qilayotgan Yangi O‘zbekistonning ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan va el-yurtimiz baxtiyor yashaydigan ma’rifatli jamiyatni qurish  va ushbu ulug‘ niyatni amalga oshirish ekanligin   ta’kidlashdi.

-Ayni paytda oliygohimizda ilmiy, ijodiy va kitobxonlik muhiti hukm surib turibdi. Bugun respublikamizni bir qancha taniqli shoir va yozuvchilari universitetimizga tashrif buyurib o‘zlarining ijodi va ulug‘ shoirlarimizning namunalaridan o‘qib berishi. Bugungi uchrashuv ilmiy, ijodiy va publitsistik yo‘nalishlarda talabalarni  ma’naviy tomondan o‘stirishga  xizmat qilyapti desam xato qilmagan bo‘laman .- deydi Hilola Tilabova “Izlanish” klubi a’zosi, talaba

Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etish orqali aholi va yoshlarning intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi  doirasida hafta davomida universitetga biriktirilgan umumta’lim maktablarda va talabalar turar joylarida turli uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etiladi.


Ulashish:
939
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish jarayoni faol davom etmoqda.
2026-yil 15-yanvardan O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning onlayn bosqichi boshlandi. Ushbu muhim jarayonda Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari faol ishtirok...
Jizzax davlat pedagogika universitetida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari hamda faxriy professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning kichik...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari Vatan himoyachilari xotirasini e’zozlashdi.
14-yanvar kuni Jizzax shahri Xotira xiyobonida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Motamsaro Ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Erta tongdan Xotira xiyoboni turli tashkilotlar,...