Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
05/05/2025
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida seminar-trening tashkil qilindi.
Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti yo‘nalishi talabalari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida talaba yoshlar o‘rtasida seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar trening davomida talabalarga korrupsiya tushunchasi, turlari, javobgarlik masalalari, ichki tartib qoidalarni, fan sillabuslari, dasturlarini bilmasligi natijasida ham ayrim akademik korrupsiyaning kelib chiqishi, korrupsion holatlarning sodir etishiga olib kelishi, prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi tanqidiy-tahliliy ma’ruzasi tushuntirildi. Shuningdek, “Tarbiya” fani doirasida talaba va o‘quvchilarga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirildi, » Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha tushunchalar berildi.


Ulashish:
409
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...