Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
10/06/2024
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi kurashamiz

Jizzax davlat pedagogika universiteti sirqi bo‘limda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ana shunday nomlandi.

Yig‘ilishni  universitet rektori  Sh.Sharipov ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda  oliy ta’lim tizimida ko‘plab islohotlar olib borilayotganligini Jumladan, universitetimiz rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan fakultet va bo‘limlar bosqichma-bosqich o‘quv jarayonlari to‘liq raqamlashtirilayotganligini, sirtqi bo‘limda ham bu borada o‘tgan o‘quv yilida ham ko‘plab samarali ishlar olib borilganini  aytib o‘tdi.

Shuningdek Talabalar bilimini adolatli baholash maqsadida yakuniy nazoratlarni adolatli o‘tkazishni ta’kidladi. Talaba bilan o‘qituvchini orasidagi shaffoflikni ta’minlash  uchun kurs ishimi, pedagogik amaliyot hisobotimi dars bergan o‘qituvchi emas shu guruhga dars o‘tmagan  boshqa mutaxassis o‘qituvchi qabul qilishini ta’kidlab O‘rolov Anvar Abdumalikovichning  qilgan ishini qoralab, bunday o‘qituvchilardan yosh avlodni tarbiyalashda ta’lim sohasida yaxshi samara bermasligini aytib, xato qilganlar albatta javobini olishini ta’kidlab o‘tdi.

Shu masala bo‘yicha universitet kompleans nazorat bo‘limi boshlig‘i A.Umurzoqov o‘qituvchilar ham qonun hujjatlarini yaxshi bilmasligi shuning uchun tamagirlikka yo‘l qo‘yganligini gapirib  O‘rolov Anvar Abdumalikovichning bu jinoyati qonunni chetlab o‘tolmasligi albatta jazo muqarrarligini ta’kidlab barcha o‘qituvchilarni ogohlikka chaqirdi. Yig‘ilishda bir guruh sirtqi bo‘limda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi. Yig‘ilish yakunida sirtqi bo‘lim boshligi A.Avazov so‘zga chiqib, tamagirlikka yo‘l qo‘yayotgan o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomalari bekor qilinib tegishli organlarga xabar berilishini ta’kidladi.


Ulashish:
1 010
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...