Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Konstitutsiya izchil demokratik islohotlar asosi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Sambraham universiteti profesor- o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi. Tadbirni universitet rektori, prof, J. Xusanov ochib berar ekan, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi  ishlab chiqilishiga oid muhim qadamlar, Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarining kafolati, Konstitutsiyada yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor vazifalari, shuningdek davlatimiz bosh huquqiy xujjatining o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish va ma’lumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  Hindistonlik Prakash Babu  tadbir ishtirokchilarini ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan qizg‘in tabriklab, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining  Jahonda obro‘ va nufuzi, undagi demokratik institutlarning halqparvar va ma’rifatli jamiyat barpo etishdagi faoliyati borasida o‘z nuqtai nazar va fikrlarini bayon qilib o‘tdi. “Konstitutsiyamiz qabul qilinganligiga  chorak  asrdan ko‘p vaqt to‘ldi. Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyo, globallashuvning tobora xalqimimiz hayotida qo‘lami va miqyosi kengayib borayotgan bir  davrda davrning o‘tkir talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, har bir demokratik davlat o‘z Konstitutsiyasini o‘zgartirish va yangiliklar kiritib borishi dunyo  amaliyotida mavjud. Zotan  har qanday davlatning konstitutsiyasi dogmatik xujjat emas. U doimiy ravishda takomillashib va sayqallanib boraveradi”- deb ta’kidlaydi “falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi Kamoliddin Yusupov.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning davlat va jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatini  tahlil qiladigan bo‘lsak, undagi ko‘pgina moddalar ma’nan eskirganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan Konstitutsimizag ko‘ra nikoh tomonlarning o‘zaro teglik va hohishlariga ko‘ra amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi? Tomonlar sifatida bir jinsli shaxslar ham nikoh qayd etishlari mumkin. Buni  aslida 1992 yilda qabul qilgan Konstitutsiyamiz ham taqiqlamaydi.  Endilikda tomonlar sifatida  qat’iy erkak va xotinlar belgilab qo‘yilmoqda. Yoki 31- modda Vijdon erkinligi deb nomlanadi. Aslida bu so‘z ruschadan svoboda sovesti so‘zining noto‘g‘ri tarjima qilinishidir. Chunonchi  dinga munosabat insoning vijdoni bilan emas, balki uning e’tiqodi bilan belgilanadi. E’tiqod tushunchasi vijdon tushunchasiga qaraganda ancha kengroqdir. Shuning uchun 31 – modda Vijdon erkinligi emas, E’tiqod erkinligi sifatida mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan  taklif va tavsiyalar olish bo‘yicha Respublika Komissiyasi shakllantirilib, joriy yilning iyun oyidan boshlab  Konstitutsiya loyihasi ummumhalq muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, muhokamalar davom etib kelmoqda. Konstitutsiyamizning 64 moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kutilmoqda.  Yangi O‘zbekiston konstitutsiyasini qabul qilish umumxalq referendumi orqali amalga oshiriladi.