Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
02/04/2025
Chop etish
KQKKNTB bo‘limi mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Umumiy psixologiya kafedrasining yig‘ilishida KOKKNI bo‘limi bosh mutaxassisi D.Bosimov ishtirok etdi.

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan JDPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi D.Bosimov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 4-yil 8-oktyabrdagi 369-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish to‘g‘risida” buyrug‘i korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan professor-o‘qituvchilarga ma’lumotlar keltirib o‘tdi.

Ushbu buyruqning 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”ning 3-bob 2-paragrafi 13-bandida “Vazirlik xodimlariga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi doirasida jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘alar mehmondo‘stlik belgilari, jumladan qarz, kafolatlar, kafillik mukofotlar, moddiy yordam, naqd pulsiz va naqd pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari, qimmatbaho qog‘ozlar, kriptovalyuta, boshqa moddiy qadriyatlar yoki xizmatlar ko‘rinishidagi rag‘bat vositalarini olish taqiqlanadi” deb belgilab qo‘yilganligi va ushbu holatlarning salbiy oqibatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, akademik korrupsiya (akademik insofsizlik) va uning pulli va pulsiz ko‘rinishlarini qilmaslik, ochiq, shaffof, plagiat qilmagan ko‘rinishda ilmiy ishlar qilish va talabalarning ishlarini tekshirish, «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari, «Kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari (24 soat) » bo‘yicha online kurs. https://mk.bimm.uz/courses/view/4da qatnashish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.


Ulashish:
929
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.