Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/11/2022
Chop etish
Jizzaxda  «DevFest 2022 Jizzakh» dasturchilar festivali bo‘lib o‘tdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Google Developer Groups hamda Sambhram universiteti hamkorligida DevFest – Jizzaxdagi birinchi texnologiya festivali bo‘lib o‘tdi. Xorijiy IT korxonalarda (Codemotion Ninja, iTransition Group, Toptal, iTechArt) faoliyat olib boruvchi 7 nafar  dasturchi spikerlar  konferensiya davomida o’z tajribalari bilan bo’lishishdi va  WEB, Mobile, Dizayn.yo’nalishlarda amaliy master-klaslar ko’rsatishdi. Jarayonda amaliy topshiriqlarni bajargan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi. Konferensiyada shuningdek Jizzax davlat pedagogika universitetining Pedagogika va psixologiya, Tabiiy fanlar, Xorijiy tillar, O’zbek tili va adabiyoti, Maktabgacha ta’lim fakultetlaridan jami 18 nafar iqtidorli talabalar qatnashishdi. Bir so‘z bilan aytganda ushbu tadbir davomida talabalar respublikamizdagi eng malakali dasturchilardan kerakli bilimlarni olishdi.


Ulashish:
1 267
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.