Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/08/2025
Chop etish
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI RAHBARIYATINING RASMIY MUNOSABATI

2025 yil 24 avgust kuni ijtimoiy tarmoqdagi @eltuz2022 Telegram kanalining “Jizzaxda professor-o‘qituvchilar open-byudjet yig‘ishga majbur” sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaat Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati tomonidan diqqat bilan o‘rganildi va ushbu masala yuzasidan quyidagi rasmiy munosabat bildiriladi.

Murojaatda keltirilgan “universitet rektori topshirig‘i bilan har bir professor-o‘qituvchi 50 tadan «Open byudjet»ga ovoz yig‘ishga majburlanayotgani, talab qilingan ovoz yig‘ilmasa, bildirishnoma asosida intizomiy chora ko‘rilishi, shuningdek, yangi o‘quv yili boshlanmasidan talabalarga murojaat qilinib, ovoz so‘ralayotgani” haqidagi iddaolar asossiz hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, professor-o‘qituvchilarga majburiy ravishda ovoz to‘plash bo‘yicha universitet rahbariyati tomonidan hech qanday ko‘rsatma berilmagan va bunday talab fakultet dekanlariga yetkazilmagan.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati ta’lim muassasasi faoliyatida shaffoflik, ixtiyoriylik va qonun ustuvorligi tamoyillariga amal qilishni qat’iy ravishda ta’minlaydi.

      Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot xizmati

Ulashish:
924
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.