Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/09/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yoshda.

“Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti bu yil o‘zining 50 yillik tantanalarini nishonlamoqda. Ana shu qutlug‘ sana hamda buyuk yozuvchi A.Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etilgan mehmonlar dastlab oliygoh rektori qabulida bo‘lishdi. O‘zbekning Kumushi – xalqimiz suygan aktrisa Gulchehra Jamilova va bir qator san’atkorlar bilan o‘tgan uchrashuv samimiy ruhda o‘tdi.

Suhbat so‘ngida universitet rektori mehmonlarga yubiley tantanalari munosabati bilan chop etilgan, 50 yillik qiziqarli va hayotiy voqealarini o‘zida aks ettiruvchi 5 jilddan iborat «Universitet sari odimlar» kitobini sovg‘a qildi.Shundan so‘ng tadbirga taklif etilgan san’atkorlar ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. O‘zbekning sevimli san’atkorlari va yoshlar «Professorlar bog‘ida» suratlarga tushishdi.

O‘zbek romanchiligining asoschisi, o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi, Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil topganligining 50 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirni universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi.

«Bundan roppa-rosa 86 yil ilgari millatimizning bir qator fidoyi ma’rifatparvarlari, ulkan iste’dod sohiblari, Vatan, el-yurt ravnaqi, ozodligi, obodligi tarafdorlari, rahnamolari, qalbi va ongi uyg‘oq, tafakkur taraqqiyotiga chanqoq jadidlar shafqatsizlarcha qatl etilgan. 1938-yil, 4 oktyabr kuni Abdulla Qodiriy ko‘plab yurt ziyolilari qatorida otuvga hukm qilingan. Bugungi o‘tkazilgan tadbirda o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi alohida yodga olindi. Universitetimizning 50 yillik tantanalari doirasida o‘tkazilgan xotira tadbirida yozuvchining durdona asarlaridan parchalar qo‘yildi. Shu asarlarda bosh rollarni ijro etgan aktyorlar tomonidan monologlar o‘qib berildi. Mening nazarimda, bu obrazlar o‘zbek milliy timsoliga aylangan. Ishonchim komilki, talaba yoshlarimiz orasidan ham ming-minglab Otabeklar, Kumushlar, Anvarlar, Ra’nolar yetishib chiqadi. Ular ertangi kun yaratuvchilari, fidoyilari, bunyodkorlar va qahramonlariga aylanishadi»-, deydi S.Nazarqosimov

Tadbir davomida Abdulla Qodiriy uy muzeyi direktori, Abdulla Qodiriyning nevarasi Xondamir Qodiriy ham ishtirok etdi. U adib va olasi bilan bog‘liq eng go‘zal xotiralari bilan bo‘lishdi.

Tadbirga taklif etilgan yozuvchi va shoirlar ham yig‘ilganlarga adib hayoti va faoliyatiga va asarlariga oid qiziqarli tarixiy voqealar va ma’lumotlarni taqdim etishdi.

 

O‘zbekiston xalq artisti, Gulchehra Jamilovaning “O‘tgan kunlar” badiiy filmining yaratilishi tarixi haqidagi hikoyalari barchani o‘ziga rom etdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Tantanali tadbirga universitet talabalar teatr studiyasi jamoasining sahna ko‘rinishlari hamda E.Lutfullayev nomidagi talabalar maqomchilar ansamblining musiqiy chiqishlari yakun yasadi.

Kunning ikkinchi yarmida tadbirga taklif etilgan mehmonlar Sharof Rashidov ,Hamid Olimjon hamda Zulfiyaxonim uy muzeylariga tashrif buyurishdi.


Ulashish:
1 109
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.
Jizzaxda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Amir Temur vorislari”...
JDPU va Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda uni yangi bosqichga...