Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/09/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yoshda.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yillik tantanalarining asosiy tadbirlaridan biri. Ushbu tadbirga Jizzax viloyatidagi barcha tashkilot rahbarlari, yurtimizdagi pedagogika yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, faxriy ustozlar taklif etilgan. Erta tongdan Universitet volontyorlari va mas’ul xodimlar ushbu tantanalarga taklif etilgan mehmonlarni kutib olishdi.

Shundan so‘ng mehmonlar shahrimizdagi «Visol» tantanalar maskaniga taklif etildilar.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirni universitet yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.Jizzax davlat pedagogika universiteti 50 yillik tantanalari hamda 1 oktyabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda so‘z olgan boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari tabrik so‘zlari bilan bir qatorda esdalik sovg‘alarini ham taqdim etishdi.

Shuningdek, viloyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan sovg‘alar ham o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Diydorlashuv tadbiri shirin suhbatlardan kuy-qo‘shiq va raqslarga ulandi.


Ulashish:
922
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.