Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/11/2025
Chop etish
JDPUda xalqaro darajadagi voleybol seminari bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi hamkorligida xalqaro voleybol instruktori ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirda FIVB (Xalqaro voleybol federatsiyasi) instruktori Buranislav Moro ishtirok etdi.

Seminarda Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan trener-murabbiylar bilan bir qatorda JDPUning voleybol yo‘nalishi talabalari ham qatnashdilar. Dastur doirasida voleybolning texnika va taktika asoslari, zamonaviy mashg‘ulotlarni rejalashtirish, hamda o‘quv-metodik materiallardan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy ma’ruzalar o‘qildi.

Shuningdek, sport zalida amaliy master-klass mashg‘ulotlari tashkil etilib, ishtirokchilar to‘pni o‘yinga kiritish, blok qo‘yish va hujum harakatlarini xalqaro mutaxassis rahbarligida bajardilar. Savol-javoblar jarayonida esa metodik yechimlar muhokama qilindi.

📈 Seminar natijasida:
– viloyat trenerlarining amaliy va metodik ko‘nikmalari boyitildi;
– JDPU talaba-sportchilari uchun jonli ustoz-shogird muhiti yaratildi;
– kelgusida qo‘shma trenerlik kurslari va amaliy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu seminar O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi, Jizzax viloyati sport boshqarmasi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etildi.


Ulashish:
1 265
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.