Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/11/2024
Chop etish
JDPUda “Tillarni o‘qitishda zamonaviy paradigmalar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
«Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada yurtimizdagi bir qator OTMlaridan professorlar va xorijlik olimlar ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda a chet til orqali ta’lim-tarbiya berish jarayoni o‘qitish metodikasi va innovatsiyalar, an’analar, o‘qituvchi chet tili darsini o‘qitish metodidan to‘g‘ri foydalanish orqaligina darsni to‘g‘ri tashkil qilishi mumkinligi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, chet tilini o‘qitish metodikasi, chet tili darslarining ta’lim me’yorlarini o‘quvchilarga darsda va darsdan tashqari mustaqil ta’lim materiallarni qanday o‘tkazishni belgilab berishi, hozirgi kunda ingliz tilini o‘rganishda turli darajadagi muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish juda muhim ahamiyatga ega ekanligi muhokama qilindi.

 

Kunning ikkinchi yarmida konferensiya Ta’limda xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari. Maktab va maktabgacha ta’limda ingliz tilini o‘rgatishning dolzarb muammolari va rivojlantirish tendensiyalari, Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, ta’lim mavzularidagi shu’balarga bo‘lingan holda davom ettirildi.


Ulashish:
1 021
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.